Huawei 1
Metan “zapravka”larga limit qo‘yilgani haqidagi xabarlar asossiz - “Hududgaztaʼminot”

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “metan zapravkalarga limit qo‘yilmoqda” mazmunidagi xabarlar yuzasidan “Hududgaztaʼminot” AJ matbuot xizmati maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, bu maʼlumotlar mutlaqo asossiz.

“Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida gaz taʼminoti tizimidagi ayrim gaz taqsimlash stansiyalarida texnik-profilaktika ishlari amalga oshirilgan. Taʼmirlash ishlari olib borilgan vaqtda gaz bosimi pasaygani sababli ayrim metan zapravkalar faoliyatida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilgan”, deyiladi “Hududgaztaʼminot” AJ xabarida.

Taʼkidlanishicha, hozirda respublika bo‘yicha metan “zapravka”lar belgilangan tartibda faoliyat yuritmoqda. Tabiiy gaz ularga gaz taʼminoti korxonalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida yetkazib berilmoqda.

“Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on yoki tekshirilmagan maʼlumotlarni tarqatish orqali aholi orasida sarosima va shubha uyg‘otish holatlari qonun bilan taqiqlangani hamda bunday xatti-harakatlar uchun javobgarlik belgilangani eslatib o‘tiladi”, deyiladi xabarga qo‘shimcha ravishda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101311 | Инструменты