O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri Rustam Ahmedov 82 yoshda vafot etdi. Bu haqda mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Marhumning dafn marosimi 13 oktyabr kuni soat 11:30 da, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Orol 3-tor ko‘chasi 13-uyda bo‘lib o‘tishi maʼlum qilingan.
General-polkovnik Rustam Ahmedov 40 yildan oshiq umrini mamlakat qurolli kuchlari uchun bag‘ishlagan, amalda milliy armiya asoschilaridan biri bo‘lgan.
Xususan, 1991–1997 yillarda mudofaa vaziri lavozimida ishlagan (1991–1992 yillarda bir vaqtning o‘zida milliy gvardiyaga ham rahbarlik qilgan), keyin maʼlum muddat, 1998 yil nafaqaga chiqqunicha favqulodda vaziyatlar vazirligini boshqargan. 2018 yilda esa davlat xizmatiga qaytib, mudofaa vaziriga maslahatchi bo‘lgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101311 | Инструменты