Huawei 1
Metro bekatlarining birida katta tirbandlik yuzaga keldi

Metro bekatlarining birida katta tirbandlik yuzaga keldi. "Toshkent metropoliteni" tirbandlik sabablarini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, 16 sentyabr sanasi soat 13:23 lar atrofida “O‘zbekiston” yo‘nalishining “Kosmonavtlar” bekatidan harakatlanishi lozim bo‘lgan 33-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati kuzatilgan.

Shu boisdan belgilangan yo‘riqnomaga asosan, elektropoyezd mashinisti tomonidan tezkor ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida harakat tarkibidagi nosozlik 5 daqiqa ichida bararaf etilgan va harakat tarkibi faoliyati qayta tiklangan.

Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91904 | Инструменты