Huawei 1
MIBning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o'tgan 10 oy davomida 414,5 mlrd so‘m soliq qarzdorligi undirildi

Joriy yilning o‘tgan davrida Jizzax viloyatida ish yurituvda bo‘lgan soliq undiruvlariga oid 31 mingdan ortiq ijro hujjatlari tamomlanib, 414,5 mlrd so‘m soliq qarzdorligi undirilgan. Bu haqda Majburiy ijro byurosi xabar bermoqda.

Shuningdek, qoldiqdagi ijro hujjatlari bo‘yicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorlarga tegishli 152 ta ko‘chmas mulk, 131 ta qishloq xo‘jaligi texnikalari, 35 ta avtotransport, 30 ta boshqa turdagi jami 348 ta mol-mulklar xatlov olingan va realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.

Misol uchun, Byuroning Jizzax shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdor "JIZZAX YO’L QURILISH-TA’MIRLASH" MCHJ hisobidan davlat foydasiga jami 325 mln. so‘m soliq qarzi to‘liq undirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты