Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi dam olish maskani 10-mart kuni bo‘lib o‘tgan kimoshdi savdosida sotildi.
Mazkur oromgoh Milliy bankka tegishlidir.
Ushbu dam olish maskaniga tegishli yer uchastkasining umumiy maydoni — 31,3 gektar. Oromgohdagi binolarning maydoni 1 275 kvadrat metr. Binoda suv va elektr ta’minoti mavjud, gaz va kanalizatsiya yo‘q. Oromgoh mebel, oshxona anjomlari va maxsus texnikalar bilan savdoga chiqarilgandi.
Auksionga qo‘yilgan dam olish maskanining boshlang‘ich bahosi — 73 mlrd so‘m edi. 10-mart kuni oromgoh “Sarmoyador” kompaniyasiga 76,7 mlrd so‘mga sotildi.
Ma'lumot uchun, “Sarmoyador” 2017-yilda tashkil qilingan va 27,6 mlrd so‘m ustav kapitaliga ega. Ushbu kompaniya Baxtiyor Maxkamovga tegishli. U yana Vision Soft va Euroroads kabi kompaniyalarga ham egalik qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты