Huawei 1
Minsk bilan hamkorlikda O‘zbekiston SSV hududlarda transplantatsiya amaliyotlari o‘tkazishga kelishdi

SSV: Minsk xirurgiya, transplantatsiya va gemotologiya ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston hududlarida transplantatsiya amaliyotlari o‘tkazishga kelishildi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi tizim mas’ullaridan iborat delegatsiyaning Belarus Respublikasiga xizmat safari davom etmoqda.

Tashrif doirasidagi navbatdagi manzil Minsk xirurgiya, transplantatsiya va gemotologiya ilmiy-amaliy markazi bo‘ldi.

Vazir ushbu tibbiyot muassasasining faoliyati bilan tanishib, markaz rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda ta’kidlanganidek, 1976-yilda tashkil etilgan ushbu ko‘p tarmoqli tibbiyot muassasasida bemorlarga 2 000 dan ortiq malakali tibbiyot xodimlari yuqori texnologik, shoshilinch va rejali tibbiy yordam ko‘rsatadi.

Muassasa 965 ta o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda 12 ta klinik bo‘lim va qator universitetlar kafedralari faoliyat yuritadi. Qolaversa, markazda kindik qoni o‘zak hujayralari, kardiojarrohlikda qo‘llash uchun klapan allograftlari banklari tashkil etilgan.

Minsk xirurgiya, transplantatsiya va gemotologiya ilmiy-amaliy markazida qator innovasion muolaja usullari ham yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, mazkur tibbiyot muassasasida jigar transplantantini tayyorlashning kompleks usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, operatsiyadan keyin asoratlar kelib chiqish xavfini bir necha barobarga kamaytirish imkonini berdi.

Shuningdek, bu yerda Xodjkin limfomasining rezistent shakllari yoki residiviga chalingan bemorlarni gemopoetik o‘zak hujayrlarinining tandem autologik transplantatsiyasi asosida davolash usuli joriy etilgan.

Vazir va markaz vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida ikki tomonlama aloqalarni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Xususan, o‘zaro mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, bilim va tajriba almashish, shu jumladan ikki mamlakatning turli hududlarida jigar, buyrak transplantatsiyasi kabi qo‘shma yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini bajarish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga