Huawei 1
Mirzaoboddagi avtomobil bozori hozircha hech qayerga koʻchirilmaydigan bo'ldi

Kuni kecha aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish va ularni uy-joyga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida Mirzaobod tumani Navroʻz mahallasida joylashgan avtomobil bozorini boshqa joyga koʻchirilishi rejalashtirilayotgani haqida maʼlum qilingan edi.

Biroq, bozorga aylantirilishi kerak boʻlgan yangi hudud talabga javob bermaganligi bois, bozorni koʻchirish ishlari kechiktirildi. Hududni tartibga keltirish lozim. Bu esa oʻz oʻrnida vaqt talab etadi.

Aniq muddatlar maʼlum boʻlishi bilan bu borada qoʻshimcha axborot beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90808 | Инструменты