Huawei 2
Misr kompaniyasi O'zbekistonda elektrotexnika sohasida qo'shma loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda

O'zbekiston elchixonasi ko'magida "O'zeltexsanoat" uyushmasi va Misrning "ElAraby" kompaniyasi vakillari o'rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Unda Misr tomonidan kompaniya marketing menejeri Marvan Elkott va sotuv ishlari menejeri Hasan Askar, O'zbekiston tomonidan "O'zeltexsanoat" uyushmasi xorijiy investitsiyalar boshqarmasi bosh menejeri Bahodir G'ulomov, Investitsiya, sanoat va savdo vazirligining investitsiyalar bo'yicha menejeri Javohir Muhammadjonov va elchixona vakili qatnashdi.

Muloqot chog'ida "ElAraby" kompaniyasi ishtirokida O'zbekistonda maishiy elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Menejer Marvan Elkott kompaniya elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish borasida O'zbekistondagi turdosh korxonalar bilan hamkorlik qilishdan manfaatdorligini ma'lum qildi. Misr tomoni O'zbekistonda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyiha istiqbolli ekanini ta'kidladi.

"Bizda O'zbekiston kompaniyalari bilan birgalikda "Tornado" yorlig'i ostidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish istagi mavjud", dedi u.

Misr tomoni, shuningdek, ushbu loyihani amalga oshirish bilan bog'liq masalalarni muhokama qilish uchun joriy yilning 2-3-may kunlari bo'lib o'tagan uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida "ElAraby" kompaniyasi vakillari borishini tasdiqladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga