Jamoa a'zolari Farhod Mannopovning o‘limidan so‘ng ilk bor video ishlab, obunachilariga taqdim qildi
"Mittivine" jamoasi o‘zining rasmiy sahifalarida faoliyatini qayta tiklagani haqida video joyladi. Videoda jamoaning marhum a’zosi Farhod Mannopovning onasi ham ko‘rinish bergan. U o‘g‘lining jamoadoshlariga duo berib, ularni yanada kuchliroq ishlashga undagan.
"O‘g‘lim bitta deb yurardim, mana shuncha o‘g‘lim bor ekan. Men hamisha sizlar uchun duodaman. Ishinglarni umuman to‘xtatmanglar. Farhod bor vaqtdan ham yaxshiroq ishlaysizlar deb umid qilaman. Bundan ham kattaroq muvaffaqiyatlar kutaman", - deydi marhumning onasi.
Eslatib o‘tamiz, MittiVine taxallusi bilan ijod qilgan, Instagram'da 1,2 millionlik auditoriyaga ega bo‘lgan Farhod Mannopov bir necha kun avval cho‘milayotganda boshini basseyn devoriga qattiq urib olib, burni singan, shundan so‘ng operatsiya stoliga yotgan vayner komaga tushib qolib, vafot etgandi.
Shundan so'ng, 6-mart kuni vaynerning vafoti yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) tegishli bandlari bilan jinoyat ishi ochilgani ma’lum qilingan edi.
So'nggi xabarlarga ko'ra, Farhod Mannopov vafotidan so‘ng "Star Med Center" klinikasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72315 | Инструменты