Huawei 1
Moskvadagi migrantlar o‘rtasida sodir bo‘lgan janjalda o‘zbekistonliklar ham bo‘lganmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Moskva shahrida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolar o‘rtasida mojaro yuzaga kelgani aks etgan video tarqaldi. Holat jamoatchilik orasida turli talqinlarga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur voqea yuzasidan Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi tomonidan olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra, mojaro Moskva shahrida faoliyat yurituvchi “Antek” MCHJ qurilish kompaniyasida sodir bo‘lgan.

Aniqlanishicha, kelishmovchilik ayrim ishchilar texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmagani tufayli brigadir tomonidan jarima chorasi qo‘llanilgach yuzaga kelgan.

Shuningdek, Migratsiya agentligi tomonidan ma’lum qilinishicha, mojaro yuzaga kelgan vaziyatda O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etmagan.

Agentlik jamoatchilikdan va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan tasdiqlanmagan va noaniq ma’lumotlarga emas, faqat rasmiy manbalarga tayanishni so‘ragan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50820 | Инструменты