Huawei 1
Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini toifalash tartibi tasdiqlandi

DXX raisining "O‘zbekiston Respublikasi muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini toifalash va ularning yagona reyestrini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida" buyrug'i imzolandi

Tasdiqlangan vaqtinchalik nizomga ko‘ra, muhim axborot infratuzilmasi obyektlariga egalik qiluvchi subyektlar har yili kamida bir marta ushbu obyektlarni toifalashi shart. Buning uchun tegishli komissiya tuzish lozim.

Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini toifalashning quyidagi mezonlari belgilanmoqda:

- yuqori darajadagi:

kiberxavfsizlik hodisasi natijasida ishdan chiqishi tufayli juda ko‘p miqdorda zarar yetishi, 20 dan ortiq odamning sog‘lig‘iga zarar yetishi, 500 dan ortiq odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilishi yoki katta ekin maydoniga* teng bo‘lgan hududda atrof-muhitga zarar yetishi mumkin bo‘lgan obyektlar;

davlat sirlariga oid maʼlumotlar aylanmasi mavjud bo‘lgan, shuningdek yoqilg‘i-energetika, atom energetikasi, sog‘liqni saqlash, telekommunikatsiya va qo‘riqlanadigan shaxslar doimiy yoki vaqtinchalik turgan joylardagi obyektlar;

- o‘rta darajadagi

kiberxavfsizlik hodisasi natijasida ishdan chiqishi tufayli ko‘p miqdorda zarar yetishi, 10 dan ortiq, biroq 20 dan ko‘p bo‘lmagan odamning sog‘lig‘iga zarar yetishi, 100 dan ortiq, biroq 500 dan ko‘p bo‘lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilishi, o‘rtacha kattalikdagi** ekin maydoniga teng bo‘lgan hududda atrof-muhitga zarar yetishi yoki davlatning nufuzi va obro‘siga zarar yetishi mumkin bo‘lgan obyektlar;

- past darajadagi:

yuqori va o‘rta darajadagi muhim axborot infratuzilmasi obyektlari toifasiga kirmaydigan obyektlar. 

Obyektlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining reyestrinini yuritish uchun Davlat xavfsizlik xizmatiga yuboriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111515 | Инструменты