Musulmonlari idorasi “Haj – 2027” ziyoratchilariga nimcha va sumka tayyorlab beruvchi korxonalar o‘rtasida tanlov e’lon qildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Haj – 2027” mavsumi ziyoratchilari uchun nimcha va sumka tayyorlab beruvchi korxonalar o‘rtasida tanlov e’lon qildi. Bu haqda telegramdagi kanalida xabar berdi. Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

1. Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha xat;
2. Korxona guvohnomasi va rahbarining pasport nusxasi;
3. Bankdan K-2 shaklidagi ma’lumotnoma;
4. Erkak va ayollar uchun bittadan nimcha namunasi;
5. Tijorat taklifi;
6. Korxonaning so‘nggi bir yilda bankdagi pul mablag‘lari aylanmasi haqida ma’lumot;
7. Bog‘lanish uchun telefon raqamlari.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq zarurat bo‘lsa, qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin.
II. Erkaklar va ayollar nimchasi uchun qo‘yilgan talablar:

Nimchalar 50, 52, 54, 56 va 58 o‘lchamlarda tikilishi, oldi qismi tugmali bo‘lishi, orqa yuqori qismida O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i aks ettirilgan bo‘lishi, bayroqning tepa qismida lotin alifbosida “UZBEKISTAN” yozuvi joylashtirilishi, har bir nimchaning og‘irligi 190–220 gramm zichlikdagi matodan tayyorlangan bo‘lishi, nimchalar moviy rangda bo‘lishi, old qismida uchta cho‘ntak: ikki tomonda (yon cho‘ntaklar) va yuqori chap qismida bitta qo‘shimcha cho‘ntak bo‘lishi lozim.

III. Qo‘l sumkachi uchun qo‘yilgan talablar:

Qo‘l sumkalarning eni 35-40 smgacha, bo‘yi 25-30 smgacha, qalinligi 10 smgacha bo‘lishi, old qismida O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i aks ettirilgan bo‘lishi, bayroqning tepa qismida lotin alifbosida “UZBEKISTAN” yozuvi joylashtirilishi lozim.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan korxona va tashkilotlar 15 noyabr kunigacha yuqoridagi talablar asosida hujjatlarni O‘zbekiston musulmonlari idorasiga taqdim etishlari mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102016 | Инструменты