Shu sababli, Izboskan tumani “Toshloq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Ziyolilar ko‘chasida yashovchi aholi elektr simlari ustunlarini hovlidan tashqariga ko‘chirish masalasida senatorga murojaat qildi.
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burhonov hudud aholisi bilan uchrashib, vaziyatni o‘rgandi.
Murojaat yuzasidan olib borilgan amaliy ishlar natijasida muammo bartaraf etildi. Elektr simlari ustunlari soha mutaxassislari tomonidan ko‘cha hududiga o‘rnatildi.
Senatorlarning joylarda saylovchilar va aholi murojaatlarini qonun doirasida ijobiy hal qilish ishlari davom etmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11900 | Инструменты