Huawei 2
My.gov.uz portali orqali 2 ta yangi davlat xizmatlari ishga tushirildi

1-martdan boshlab My.gov.uz portalida yoshlarning IT-sertifikat xarajatlarini qoplash va o‘quv markazlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2 ta yangi davlat xizmati ishga tushirildi.

1. Bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi IT-Park rezidenti bo‘lgan kompaniyalarga ishga joylashgan nodavlat o‘quv markazlariga subsidiya ajratish xizmati

Bu xizmat orqali bitiruvchisi IT xizmatlar eksport qiluvchi kompaniyaga ishga joylashgan o‘quv markazlariga BHMning 75 baravarigacha (25,5 mln so‘mgacha), nogironligi bo‘lgan yosh bitiruvchisi ishga joylashgan hollarda esa 105 baravarigacha (35,7 mln so‘mgacha) bir martalik subsidiya ajratiladi.

 Ariza berish uchun:

2. Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha ariza yuborish xizmati

Bu xizmat orqali ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

Ariza berish uchun:

Mazkur xizmatlar davlatimiz rahbarining 2024-yil 2-fevraldagi 51-son qaroriga muvofiq yo‘lga qo‘yildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga