Milliy statistika qo‘mitasi yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 373 389 ta tirik tug‘ilish qayd etilgani haqida ma'lumot berib, TOP 10 talikka kirgan hududlarni sanadi
O'zbekistonda 6 oy davomida eng ko'p tug'ilish Namangan shahrida qayd etilgan. Milliy statistika qo‘mitasi yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 373 389 ta tirik tug‘ilish qayd etilgani haqida ma'lumot berdi.
Mazkur davrda Namangan shahrida 8 181 ta chaqaloq tug'ilib, mamlakatda eng ko'p tirik bola tug'ilgan hudud sifatida qayd etilgan.
Ikkinchi o'rinda Samarqand viloyati Urgut tumanida bo'lib, 7 014 ta ona bolasini bag'riga bosgan. Uchinchi o'rinda esa respublika bo'yicha aholisi eng zich joylashgan hudud - Andijon shahri. U yerda 6 306 ta chaqaloq dunyoga kelgan.
Quyida TOP 10 talikka kirgan hududlarning qolgan qismi ketirilgan:
Samarqand shahri — 5 559 ta;
Denov tumani (Surxondaryo v.) — 5 542 ta;
Pastdarg‘om tumani (Samarqand v.) — 3 968 ta;
Koson tumani (Qashqadaryo v.) — 3 878 ta;
Qamashi tumani (Qashqadaryo v.) — 3 874 ta;
Olmazor tumani (Toshkent sh.) — 3 700 ta;
Asaka tumani (Andijon v.) — 3 446 ta.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100115 | Инструменты