O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 1-yo‘nalishda super-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berilganini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2026/2027-oʻquv yili kirish imtihonlari natijasiga ko‘ra, 2–5-yo‘nalishlardan biriga grant yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlar uchun o‘z xohishiga binoan 1-tanlagan yo‘nalishida o‘qish imkoniyati yaratildi.
Unga ko‘ra, tanlovda ishtirok etib, 2–5-bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga o‘z xohishlariga ko‘ra ustuvorligi bo‘yicha tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berildi (maqsadli qabul asosida tavsiya qilinganlar bundan mustasno).
Bunda o‘qishga qabul qilish oliy ta’lim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan belgilanadigan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorida to‘lovni amalga oshirish sharti bilan amalga oshiriladi.
Mazkur tartib barcha davlat oliy ta’lim tashkilotlariga, shu jumladan, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik berilgan OTTga ham tatbiq etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100213 | Инструменты