Bu haqda Senat majlisida Tanzila Narbayeva ma'lum qildi
Senat majlisida Tanzila Narbayeva Namangan shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika binosini ta’mirlash masalasini 2024-yilgi investisiya dasturiga kiritish bo‘yicha o'z taklifini bildirdi.
"Namangan viloyatiga safarimiz davomida hudud faollari ushbu masalani ko‘tardilar. Qolaversa o‘zimiz ham bevosita obyektni ko‘zdan kechirdik. Bino haqiqatdan ham ta’mirga muxtoj.
Shu bilan birga mazkur yo‘nalishga doir yana bir masala ko‘tarilgan edi, ya’ni Namangan shahri aholisi uchun alohida perinatal markaz tashkil etish masalasi.
Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda Namangan shahar aholisi soni 1 millionga yaqinlashgan. Shaharda bor yo‘g‘i 4 ta tug‘ruqxona faoliyat yuritmoqda. Viloyat perinatal markazi ham shu hisobda (250 o‘rinli).
Biroq, shahar aholisi, jumladan tug‘ish yoshidagi ayollar soni muttasil o‘sib bormoqda (170 ming nafar). O‘tgan yilda shaharda umumiy tug‘ruqlar soni 20 mingdan ziyodni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning 6 oyida salkam 12 mingtaga yetgan. Bular orasida erta tug‘ruqlar ham bor (2022 y. – 1 300 ta, 2023 y. 6 oyida – 539 ta).
Aynan erta tug‘ruqlar sonining ko‘pligi, qolaversa shahar bolalar shifoxonasidagi neonotologiya (kam vaznli chaqaloqlarni parvarish qilish) bo‘limi ortiqcha yuklama bilan ishlayotgani sababli shahar tug‘uruq kompleksi negizida alohida perinatal markaz tashkil etish taklifi bildirilgan.
Fikrimizcha Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur masalani atroflicha o‘rganib, xulosa berishi zarur. To‘g‘ri, shahar hududida viloyat perinatal markazi ham joylashgan. Lekin sig‘im jihatdan bugungi talabga javob beradimi? degan savol tug‘iladi.
Yuqorida aytganimdek, ehtiyoj yildan yilga o‘sib bormoqda. Aniq, obyektiv holatni to‘liq ochib beradigan xulosa kerak.
Aynan erta tug‘ruqlar sonining ko‘pligi, qolaversa shahar bolalar shifoxonasidagi neonotologiya (kam vaznli chaqaloqlarni parvarish qilish) bo‘limi ortiqcha yuklama bilan ishlayotgani sababli ham shahar tug‘uruq kompleksi negizida alohida perinatal markazi tashkil etish zarur.
Lekin, mana shunday perinatal markazlarini tashkil qilish masalalari asoratli tug‘uruqlar va nogironlikni oldini olish uchun o‘rni nihoyatda katta. Aynan mana shu masala davlatimizda katta ustivor yo‘nalish etib belgilangan. Shuning uchun perinatal markazlarini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas.
Ushbu obyektni 2024-yildagi O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilishi masalasini Sog‘liqni saqlash hamda Iqtisodiyot va moliya vazirliklari tomonidan ijobiy hal etilishi maqsadga muvofiq", - deydi u.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62710 | Инструменты