Huawei 1
"Namangan suv taʼminoti" davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun buzgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi “Namangan suv ta‘minoti” AJ tomonidan 2023-2024 yillarda amalga oshirilgan davlat xaridlari yuzasidan o‘rganish va tahlillar olib borildi.

Jumladan, Namangan viloyat prokuraturasining topshirig‘iga ko‘ra, “Namangan suv ta‘minoti” AJ buyurtmachiligida 2023 yil davomida hamda 2024 yil 16 iyun kuniga qadar jami 167 ta lot bo‘yicha boshlang‘ich narxi 4,9 mlrd so‘mga yaqin amalga oshirilgan davlat xaridlari o‘tkazilgan.

O‘rganishlar davomida mazkur aksiyadorlik jamiyati tomonidan yuqoridagi davlat xaridlarini amalga oshirishda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga rioya etilmagani maʼlum bo‘ldi.

Bundan tashqari, buyurtmachi tomonidan 36 ta lot bo‘yicha boshlang‘ich narxi 846,1 mln so‘mlik tanlov savdolarida bir-biriga bog‘liq bo‘lgan (affillangan) jamiyatlar g‘olib deb topilganligi aniqlandi.

Hududiy boshqarma tomonidan davlat xaridlarida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilganligi yuzasidan buyurtmachi tashkilotga (“Namangan suv ta‘minoti” AJ) nisbatan tuzilgan maʼlumotlar huquqni muhofaza qiluvchi organga taqdim etildi.

Shuningdek, “Namangan suv ta‘minoti” AJ mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy jarima qo‘llash bo‘yicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sud organiga maʼlumotlar yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91904 | Инструменты