Qish kunlarida yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahri va respublikaning boshqa hududlariga poyezd qatnovini Namangan shahridagi temiryo‘l vokzalidan yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, haftaning dushanba, seshanba, chorshanba, juma va shanba kunlari Namangan vokzalidan Toshkentga jo‘nash mumkin.
Toshkentdan Namangan shahriga keluvchilar uchun dushanba, seshanba, payshanba va juma kunlari qatnov mavjud.
Bu yo‘nalishni yo‘lga qo‘yilgani noqulay ob-havo sharoitida yo‘lovchilarning Pop tumaniga borish va kelish, Qamchiq dovonidagi mashaqqatlardan qutqaradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42002 | Инструменты