Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chust tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ch.Sh.” MCHJ masʼul shaxslari o‘zaro til biriktirib, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish binosida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Andijon shahri bo‘limi va “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.b.” NTM masʼul shaxslari va boshqalar ushbu taʼlim muassasasi binosini elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida shartnomasiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 892,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11322 | Инструменты