Huawei 1
Abduhoshim Ismoilovning 70 yoshli yubileyini nishonlash uchun Namangan va Farg‘ona hokimlari budjetdan 239 mln ajratdi

Namangan viloyati hokimi 2023-yil 15-fevral kungi qarori bilan O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilovning 70 yillik yubileyini o‘tkazish uchun viloyat budjeti zaxira mablag‘lari hisobidan 150 mln so‘m ajratdi. Shavkat Abdurazzoqovning bu bo'yicha imzolagan farmoyishiga bloger Zafarbek Solijonov e’tibor qaratdi.

Hujjatga asosan, viloyat Madaniyat boshqarmasining xati inobatga olinib, san’atkorning 70 yilligiga bag‘ishlangan konsert dasturi munosabati bilan Namangan shahridagi “Navbahor” tantanalar majmuasida bayram dasturxoni tashkil etish ko‘zda tutilgan. 

Tadbirni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarga viloyat budjeti zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 150 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.

E’tiborlisi, sozanda va bastakor, 1990 yilda O‘zbekiston xalq artisti unvonini olgan Abduhoshim Ismoilov 1952 yil 9 iyunda Farg‘ona viloyatining Quva tumanida tavallud topgan. Iyun oyida san’atkor 71 yoshni qarshi olib, 70 yoshga kirganiga qariyb 1 yil bo‘ladi.

Kun.uz muxbirining qayd etishicha, hokim Shavkat Abdurazzoqovning bu “saxiyligi” – Ismoilovning tug‘ilgan kunini nishonlash bo‘yicha xalqning cho‘ntagidan pul ajratish bilan bog‘liq uchinchi holat.
Abduhoshim Ismoilovning 70 yilligi birinchi bor 2022-yilning iyun oyida Toshkent shahrida o'tkazilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi tegishli qarori bilan atoqli olimlar, madaniyat va san’at sohasi vakillarining yubiley sanalarini keng nishonlash hamda ular faoliyatini keng targ‘ib qilish dasturi tasdiqlangan. Unga ko‘ra, 2022-yil iyun oyida Abduhoshim Ismoilovning 70 yilligi nishonlangan hamda tadbir Madaniyat vazirligining har yilgi madaniy tadbirlar uchun ajratilgan byudjet mablag‘laridan moliyalashtirilgan.

Shuningdek, 2023-yilning 17-yanvar kuni esa Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning farmoyishi asosida sozandaning 70 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan konsert dasturi xarajatlari uchun viloyat mahalliy budjetining zaxira jamg‘armasi hisobidan 89 mln so‘m ajratilgan.

Qayd etilishicha, hokimning bu farmoyishida prezidentning 2020-yil 26-maydagi farmoni niqob qilib olingan. Ammo prezidentning bu farmoni o‘z nomi bilan madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada oshirishga qaratilgan, xalqning puliga artistlarning yubileyini o‘tkazib berishga emas. Avvallari san’atkorlarning yubileylarini hokimlar xalqning pulidan o‘tkazib bermagan. Bu kabi holat endi kuzatilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90200 | Инструменты