Huawei 1
Namangan viloyati hokimi xorijdagi yoshlar bilan onlayn suhbatlashdi

22-iyul kuni Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov chet ellarda tahsil olayotgan va ishlayotgan yoshlar, migrantlar bilan videomuloqot qildi.

Viloyat kasaba uyushmalari Kengashi binosida bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimining o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va tegishli tashkilotlar mutasaddilari, xorijdagi yoshlarning ota-onalari ishtirok etdilar.

Dastlab viloyat hokimi Namanganda aholi bandligini taʼminlash, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib, yil boshida xorijda yurgan namanganlik migrantlar soni 117 mingni tashkil etgani, olib borilgan amaliy ishlar natijasida hozirda ular soni 64 ming nafar qolgani, yil oxirigacha yana 14 ming nafar kam daromadli migrantlarni yurtga qaytarish choralari ko‘rilayotganini taʼkidladi.

Shundan so‘ng ayni vaqtda xorijda bo‘lgan 100 nafarga yaqin yoshlar bilan onlayn muloqotga kirishildi. 

Viloyat rahbari har birining muammolarini tinglab, ularga yechim topish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi. Eʼtiborlisi, viloyat hokimi bilan onlayn suhbatlashgan yoshlarning aksariyati Namanganga qaytish istagini bildirdilar. Buning uchun ularga mos ish o‘rinlari taklif etildi, biznes qilish maqsadi borlarga  kreditlar ajratilib, qo‘llab-quvvatlanadigan bo‘ldi.

Bugungi kunda AQSH, Angliyadagi oliy o‘quv yurtlarida IT sohasida tahsil olayotgan yoshlar ham o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103011 | Инструменты