Huawei 1
Namangan viloyati O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasiga boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining buyrug‘iga ko‘ra, Bekzod Ismoilovich Hamdamov Namangan viloyati O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Bekzod Hamdamov 1979 yili Namangan viloyati Mingbuloq tumanida tug‘ilgan. 2001 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti, 2008 yilda esa Soliq akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi.

Tayinlovga qadar, yaʼni 2020 yil iyul oyidan 2024 yil 19 fevraligacha Chust tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91910 | Инструменты