Soliqlardan eng ko‘p qarzdor qurilish korxonalari ma’lum qilindi

2024-yil 1-may holatiga qurilish sohasida soliq qarzi (100 mln so'mdan yuqori) mavjud bo‘lgan korxonalar soni 968 ta bo‘lib, ularning jami soliq qarzi 820,4 mlrd so'mni tashkil etgan. Shundan, 324,2 mlrd so‘mi, ya'ni  39,5 %i  10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.

Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi ko‘rsatkichlari – TOP-3:

- Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha HSI – 373,8 mlrd so‘m;
- Toshkent shahri – 101,9 mlrd so‘m;
- Andijon viloyati – 81,1 mlrd so‘m.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72706 | Инструменты