Xabaringiz bor, Sog'liqni saqlash vazirligi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi “SAMO” MChJ korxonasida farmatsevtik faoliyat bo’yicha tekshiruv ishlari olib borayotganligi haqida ma'lum qilgan edik.
O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, korxona tomonidan qo'pol qonunbuzilish holatiga yo'l qo'yilganligi aniqlanib, 2023-yil dekabr oyida “Samo” MCHJ litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risida Markaz tomonidan sudga daʼvo arizasi kiritilgan edi.
Namanganda yuz bergan zaharlanish holati yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv-tergov harakatlari olib borilayotganligi sababli mazkur iqtisodiy ish bilan bog‘liq sud, javobgarning iltimosnomasiga ko‘ra 2024-yil 19-yanvarda to‘xtatildi.
Aholining hayoti hamda sog‘ligi uchun tahdid yuzaga kelishining oldini olish maqsadida, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining yuqoridagi iqtisodiy ish bo‘yicha yakuniy sud hujjati qabul qilinguniga qadar “Samo” MCHJning litsenziyasini to‘xtatib turish to‘g‘risida Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan iltimosnomasi sudning tegishli ajrimiga muvofiq qanoatlantirdi.
Hamda “SAMO” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga tegishli (dori vositalarini ishlab chiqarish uchun 2020-yil 30-martda berilgan) 15571-sonli litsenziyaning amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122511 | Инструменты