Huawei 1
Namanganda fuqaro IIB hushyorxonasida o‘zini osib, joniga qasd qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Chortoq ichki ishlaridan yana bir fuqaroning o‘ligi chiqdi” sarlavhasi ostida xabar tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Mazkur holat yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rganish ishlarini olib borib, rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 7 aprel kuni soat 20:00 atrofida marhumning turmush o‘rtog‘i erining uyga mast holatda kelib, janjal qilayotganligi haqida Chortoq tumani IIB profilaktika inspektoriga xabar qilgan.

Profilaktika inspektori murojaatni o‘rganib, marhumni hushyorlantirish maqsadida Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan markaziy shifoxonaga olib borgan. Profilaktika inspektori tegishli hujjatlar va dalolatnoma rasmiylashtirgan holda marhumni soat 21:58 da hushyorxonaga topshirgan.

Marhum I.U. bugun, 8 aprel kuniga o‘tar kechasi soat 00:45 atrofida ushbu hushyorxonaning darchasidagi temir panjarasiga choyshabdan sirtmoq yasab, o‘zini o‘zi bo‘yin sohasidan osib, o‘z joniga qasd qilgan va voqea joyida vafot etgan.

"Sud-tibbiy ekspertizaning ma’lumotnomasiga ko‘ra, U.I.ning o‘limi “bo‘yin sohasining siqilishidan kelib chiqadigan mexanik asfiksiya, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi” oqibatida sodir bo‘lgan. Uning tanasida “bo‘yin qismidagi strongulasion egat”dan boshqa tan jarohatlari aniqlanmagan",- deyiladi xabarda.

Hozirda holat yuzasidan prokuratura idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122417 | Инструменты