Huawei 1
Namanganda ham 65 gektarlik “Yangi Oʻzbekiston bogʻi” qurilmoqda

“Yangi Namangan” shaharchasi bir million aholi istiqomat qiladigan yirik va yashil shaharga aylanadi. Bu haqda Namangan viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, bugun erta tongdan “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasi doirasida, Davlatobod tumanida qurilishi boshlangan “Yangi Namangan” shaharchasi boʻylab daraxt oʻtqazildi.

Davlatobod tumanining “Yuksalish” hamda Toʻraqoʻrgʻon tumanining “Yettikon” mahallalari hududidan yashil makon uchun 1 ming 371 gektar yer ajratilgan. Bu hududda “Yangi Namangan” shaharchasini barpo etish uchun qurilish ishlari allaqachon boshlab yuborilgandi.

Maydon faqatgina binolardan iborat boʻlgan joy emas, balki ekologik musaffolik mavjud boʻlgan hududga aylanadi. Shu bois ham“Yashil hudud” 65 gektarlik “Yangi Oʻzbekiston bogʻi” barpo etilmoqda.

Bugungi daraxt ekish aksiyasida yigʻilganlar mazkur bogʻ loyihasi taqdimoti bilan ham tanishishdi va bogʻga ilk daraxtlarni oʻtqazishgan. 

“Yangi Namangan” shaharchasi toʻliq qurib bitkazilganda aholiga shu yerning oʻzida yashashi, ishlashi va dam olishi uchun barcha qulayliklar yaratiladi.

Natijada 2026-yilga borib “Yangi Namangan” shaharchasi bir million aholi istiqomat qiladigan yirik va yashil shaharga aylanadi, deyiladi xabarda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61009 | Инструменты