Namanganda haydovchilar uchun imtihon markazi ishga tushdi

Namangan viloyatida haydovchilik guvohnomasi oluvchilar uchun ixtisoslashgan yangi innovatsion imtihon markazi ishga tushdi.

Davlatobod tumanining “Yuksalish” mahallasi hududida faoliyat boshlagan mazkur markaz kuniga o‘rtacha 500 mijozga xizmat qila oladi.

Uning tantanali ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov qatnashdi va imtihon olish tizimida raqamlashtirish kuchaytirilib, inson omili kamaytirilgani yo‘llardagi qoidabuzarliklarga barham berishini taʼkidladi.

Shundan so‘ng, "Namangan viloyati imtihon markazi" o‘z faoliyatini boshladi. Tadbir ishtirokchilari yaratilgan qulaylik va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Bu yerda bo‘lajak haydovchilarni imtihondan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan barcha sharoit: zamonaviy jihozlangan o‘quv xonalaridan tortib, avtomatlashtirilgan avtodromgacha mavjud.

Yig‘ilganlar keyingi vaqtlarda haydovchilik guvohnomasini olmoqchi bo‘lganlar imtihon topshirish uchun qo‘shni viloyatlarga borishiga to‘g‘ri kelayotgani, bunday markazning o‘zimizda barpo etilgani ayni muddao bo‘lganini eʼtirof etdilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты