Huawei 1
Namanganda sel kelishi oqibatida 16 va 14 yoshli opa-singilni devor bosib qoldi

Namanganda sel kelishi oqibatida 16 va 14 yoshli opa-singilni devor bosib qoldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, holat 17-iyun kuni soat 16:00 larda Chust tumani, “Toymosobod” MFY Kamarbasta ko‘chasidagi xonadonda sodir bo‘lgan.

Shu ko‘chadagi uyda yashovchi 16 va 14 yoshli opa-singil yashash xonadonining darvozaxonasiga kirib kelayotgan yomg‘ir suvni to‘sish maqsadida yashash xonadonini chegara devorini oldiga borib, yashash xonadoniga kirayotgan suvning yo‘lini to‘sayotgan vaqtida uyning devori qulab ketgan. Natijada, qizlar devor ostida qolib, singil voqea joyida vafot etgan. Opasi esa tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Hodisa joyi tuman prokurori X.U.Xakimov rahbarligidagi tezkor tergov guruhi a’zolari tomonidan ko‘zdan kechirilib, prosessual hujjatlar rasmiylashtirgan.

Aniqlanishicha, qizning o‘limi qo‘shma shikastlar, kalla miya, bo‘yin, ko‘krak qafas, qorin, chanoq shikastlari borligi, kalla gumbaz, peshona teppa, o‘ng chakka suyak siniqlari kalla asosiga o‘tishi, miyani majag‘lanishi, bo‘yin va ko‘krak umurtqalarini ko‘plab sinishi, chap tomondan ko‘plab qovurg‘alarni sinishi, o‘pkalar va yurakni ko‘krak qafasidan pastga chiqib qolishi natijasida kelib chiqqan.

Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasining dastlabki ma’lumotida voyaga yetmagan opaning tanasida qo‘shma shikast, chanoq suyaklarini, o‘ng boldir suyaklarini siljigan sinishi, tananing ko‘plab shilinmalari borligi, holati og‘ir holatdaligi ko‘rsatilgan.

Hozirda, mazkur holat yuzasidan Chust tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102303 | Инструменты