Huawei 1
Namangandagi Chodak dam olish maskanida odamlar bor kanat to'xtab qoldi

11-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Namangan, Chodak dam olish maskanida kanatga chiqqan odamni kanati to‘xtab, o‘rtada qolib ketibdi" mazmunida xabarlar tarqaldi. 

Holat yuzasidan viloyat FVB munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, fuqarolar kanatda uchayotgan vaqtda to‘xtab qolgan va kanat ishchi xodimlari tomonidan qutqaruv arqon orqali fuqarolar tushirib olingan.

"Pop tumani chodak dam olish maskanlarida fuqarolarni xavfsizligini ta’minlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar va ichki ishlar bo‘limlari bilan hamkorlikda kunu-tun navbatchilik tashkil etilgan", - deyiladi FVB xabarida. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90200 | Инструменты