Narkokuryerlik bilan shug’ullanib kelgan Oliy ta’lim muassasasi talabalari ushlandi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli profilaktik tadbiri doirasida narkokuryerlik bilan shug‘ullanib kelgan oliy ta’lim muassasasi 1-bosqich talabalari ushlandi. Joriy yilning 4-dekabr sanasida ijtimoiy tarmoqlarda  tarqalgan videolavhada ushbu talabalardan biri tezkor xodimlar tomonidan qo’lga olinadi va bayonnoma rasmiylashtirilayotgan vaqtda shu hududdan o’tayotgan fuqaro tomonidan olingan videosyomka omma orasida tarqab ketadi. Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 2 nafar talaba xolislar ishtirokida tekshirilganda, yonidan 120 gr Alfa PVP sintetik giyohvand moddalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, 2007-yilda tug‘ilgan talabaning vaqtincha yashab kelayotgan  universiteti yotoqxonasi ko‘zdan kechirilganda 400 gr Alfa PVP sintetik giyohvand moddalari borligi aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, bu 2 talaba ushbu sintetik giyohvand moddalarni tanishi tashlab bergan geolokatsiyalardan olib, universitet yotoqxonasida dozalarga qadoqlab, aytilgan lokatsiyalarga yuborishgan.
Tezkor tadbirlar natijasida bir marotabalik 2600 ta dozaga teng bo‘lgan jami 520 gr sintetik giyohvand moddalari noqonuniy muomalasi oldi olindi.

Mazkur holat yuzasidan ushbu narkokuryer talabalarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismiga ko’ra 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasi qo’llanilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120914 | Инструменты