Huawei 1
Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi

“Navoiy davlat universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, Navoiy davlat pedagogika instituti negizida Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi.

Hududda soha va tarmoqlarning rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda zamonaviy bilim va malakaga ega bo'lgan ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha uzluksiz ta'lim tizimini yaratish Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlaridan biri etib belgilandi.

Navoiy davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o'qishlarini Universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025 o'quv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga Universitet diplomi beriladi.

Universitetda 2025/2026 o'quv yilidan ehtiyoj yuqori bo'lgan quyidagi yo'nalishlar bo'yicha kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yiladi:

- aniq va tabiiy fanlar;
- axborot texnologiyalari;
- sun'iy intellekt;
- iqtisodiyot;
- biznes va turizm;
- investitsiyalarni boshqarish;
- qishloq xo'jaligi;
- Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi;
- logistika.

Yangi tashkil etilgan ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklar bo'yicha xorijiy davlatlar va respublikadagi yetakchi oliy ta'lim tashkilotlari bilan ikkita diplom berishga asoslangan qo'shma ta'lim dasturlari yo'lga qo'yiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110123 | Инструменты