“Navoiy davlat universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, universitetda Transformatsiya markazi tashkil etiladi va u quyidagi masalalar yuzasidan mas'ul etib belgilandi:
Universitetning ta'lim dasturlarini xalqaro ta'lim standartlariga muvofiqlashtirish;
Universitetni dunyoning eng nufuzli oliy ta'lim tashkilotlari reytingiga kiritish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ijrosini tashkil etish;
Universitet ta'lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o'tkazish hamda universitet diplomlarining xorijda tan olinishiga erishish;
Registrator ofisi faoliyatini yo'lga qo'yish;
Universitetning ta'lim, tadqiqot va axborot-kutubxona faoliyatlarini hamda boshqaruv jarayonlarini to'liq raqamlashtirish.
2025-yil 1-iyungacha universitetda talabalarning bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini ko'chirmachilikka qarshi tekshirish (antiplagiat) mexanizmi joriy etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110117 | Инструменты