Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan “Navoiy hayvonot bog‘ida yovvoyi hayvonlar achinarli sharoitda saqlanadi” to‘g‘risidagi axborotni viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganildi.
Hozirgi kunda "Chinobod-Go‘zali" QFY ko‘chma hayvonot bog‘ida o'n uch turga mansub jami yigirma to'rt bosh yovvoyi hayvonlar veterinariya pasportlari borligi shundan, uch bosh tovus, bir bosh jayra, uch bosh bo‘ri, ikki bosh ayiq, ikki bosh tuyaqush, ikki bosh burgut, ikki bosh maymun, ikki bosh g‘ajir, bir bosh lama, bir bosh echki, bir bosh ukki, bir bosh ilon va uch bosh sher yovvoyi hayvonlar borligi aniqlandi.
Mazkur hayvonlar 2024-yilning 12-yanvar sanasida Navoiy viloyati Karmana tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi tomonidan klinik ko‘rikdan o‘tkazilgani va klinik ko‘rik davomida hayvonlar yuqumli kasalliklarni klinik belgilari kuzatilmaganligi yuzasidan №38-01-01-sonli maʼlumotnomasi berilgan.
Barcha yovvoyi hayvonlarning yashash sharoitlari, saqlash turi, qafaslari o‘rganishlar davomida uch bosh tovus 18 m3 qafasda, bir bosh jayra 7 m3 qafasda, uch bosh bo‘ri 23.7 m3 qafasda, ikki bosh ayiq 28.3 m3 qafasda, ikki bosh tuyaqush 24. m3 qafasda, ikki bosh burgut 5.5 m3 qafasda, bir bosh maymun 12.1 m3 qafasda, bir bosh maymun 1.1 m3 qafasda zanjirga bog‘langan, ikki bosh g‘ajir 27.3 m3 qafasda, bir bosh lama 13.6 m3 qafasda, bir bosh echki 13.6 m3 qafasda, bir bosh ukki 1.88 m3 qafasda, bir bosh ilon piton 1.68 m3 qafasda va uch bosh sher oila 27.8 m3 qafasda saqlanib kelinganligi maʼlum bo‘ldi.
Bir bosh mayda maymun uchun meʼyorda 1.2-1.5 m3 gacha qafasda saqlash ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, "Chinobod-Go‘zali" QFY ko‘chma hayvonot bog‘idagi bir bosh mayda makaka maymuni 1.1 m3 qafasda saqlanib kelinganligi inobatga olib mazkur qafasni kengaytirib, zanjirdan ozod qilish va qolgan hayvonot bog‘idagi yovvoyi hayvonlarni o‘z vaqtida suv, ovqatlarini berish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va talabnomalar berildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112006 | Инструменты