Huawei 1
Navoiy, Samarqand va Buxoroni birlashtirgan yangi turizm halqasi ishlab chiqildi

So‘ngi yillarda sayyohlar tomonidan yangi turizm obyektlarini kashf etish va noodatiy joylarga sayohatlarni amalga oshirishga qiziqish ortib borayotganligi kuzatilmoqda.

Turizm qo‘mitasi va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda turizm turlarini diversifikatsiya qilish va sayyohlar qolish muddatini uzaytirish maqsadida Buyuk Ipak yo‘lining “Zarafshon – Qoraqum yo‘lagi” bo‘yicha yangi turizm marshrutini o‘z ichiga olgan Navoiy, Samarqand va Buxoro viloyatining turizm halqasi ishlab chiqildi.

Hozirgi kunda ushbu turizm halqasidagi obyektlar sayyohlarni qabul qilishga tayyorlandi va Buyuk Ipak yo‘lining “Zarafshon – Qoraqum yo‘lagi” turistik marshruti nomi ostida ishga tushirilganligi munosabati bilan, sayyohlarga qulayliklar yaratish va sayohat dasturlarini ishlab chiqishda yuqoridagi turistik marshrut bo‘ylab sayohatlarini tashkil etish tavsiya etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62816 | Инструменты