Huawei 1
“Navoiyazot” havoga me’yordan ortiq tashlanmalar chiqargani aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilingan “Fuqaro murojaati Navoiy shahar havosidan 2 kundan buyon nafas olib bo‘lmasligini aytishmoqda”  to‘g‘risidagi axborot yuzasidan Navoiy viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan o'rganildi.

O'rganish davomida Navoiy viloyat Ekologiya boshqarmasining AMMIO‘Z va ChQKB xodimlari, Navoiy gidrometeorologiya boshqarmasi hamda "Navoiyazot" A.J markaziy laboratoriyasi xodimlari  tomonidan "Navoiyazot" A.J sanitar himoya zonasi atrofidan olingan tahlil natijalariga ko‘ra atmosfera havosiga tashlanmalar miqdori meʼyordan yuqori ekanligi  aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan A.J maʼmuriyatiga tegishli tartibda majburiy ko‘rsatmalar berildi. Bugungi kunda "Navoiyazot" A.J hududida tekshiruvlarni o‘tkazish va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarga aniqlik kiritish maqsadida Prezident huzuridagi Tadbirkorlik huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vakiliga kelishilgan holda tekshiruvlarni o‘tkazish bo‘yicha to‘plangan hujjatlar taqdim etishga tayyorlanmoqda.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52102 | Инструменты