Navoiyda 31 yoshli erkak rashk sabab mahalladoshini kaltakladi
Navoiy viloyati Karmana tumanida 31 yoshli erkak rashk sabab mahalladoshini kaltakladi.
Xabarga ko‘ra, 31 yoshli erkak akasi bilan birga taksistlik bilan shug‘ullanuvchi qo‘shnisining uyiga borib, uni kaltaklagan. Bunga esa xotini unga qo‘ng‘iroq qilib, haydovchi tegajog‘lik qilganini aytgani sabab bo‘lgan. Aniqlanishicha, jabrlanuvchi baʼzan uning ayolini ishxonasiga eltib qo‘ygan.
Kaltaklanish oqibatida og‘ir tan jarohati olgan jabrlanuvchi shu kuni tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Hozirda davo muolajalarini olmoqda.
Holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Farg'onada yigit qizni rashk tufayli ko'chada urib, tepgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50906 | Инструменты