Huawei 1
Navoiyda 53 nafar mas’ul shaxs 180 mln so‘mdan ortiq jarimaga tortildi

Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt va buta ko‘chatlarning holati yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, 23-yanvardan 22-iyulga qadar o‘tkazilgan o‘rganish davomida Uchquduq tumanida 10 nafar, Konimex tumanida 7 nafar, Navbahor tumanida 6 nafar, Karmana tumanida 5 nafar, Qiziltepa tumanida 5 nafar, Tomdi tumanida 5 nafar, Xatirchi tumanida 5 nafar, Zarafshon shahrida 4 nafar, Nurota tumanida 3 nafar, Navoiy shahrida 2 nafar, G‘ozg‘on shahrida 1 nafar masʼul shaxslar tomonidan hududlarda 2023-yil kuzi va 2024-yil bahor mavsumi davomida ekilgan daraxt ko‘chatlari parvarishiga eʼtibor qilmaganligi, sug‘orilmaganligi, agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmaganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan 53 nafar masʼul shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jami 180 mln 200 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Ayni damda  nafaqat Navoiy viloyati, balki butun respublika miqyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlar parvarishi yuzasidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90701 | Инструменты