Huawei 1
Navoiyda Nexia urib ketgan er-xotin vafot etdi

Navoiyda insonlar o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi.

Ularga ko‘ra, holat 2025 yil 1 yanvar kuni soat 18:30 lar atrofida Qiziltepa tumanining O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi hududida sodir bo‘lgan. S. ismli haydovchi mahallaning Yangilanish ko‘chasi bo‘ylab o‘tgan yo‘lda Nexia mashinasini boshqarib ketayotib, 1971 yilda tug‘ilgan N.Ya. hamda uning 1976 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i N.U.ni urib ketgan.

YTH oqibatida er-xotin og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Ularning 3 farzandi bo‘lgan.

Marhumlarning yaqinlari holat yuzasidan tegishli organlarning harakati sust bo‘layotganligidan norozi.

“Haydovchi mast holatda bo‘lgan. Qolaversa, mashinani katta tezlikda boshqargan. Shuningdek, holat sodir bo‘lganida birinchi yordam ko‘rsatmagan.

YTH sodir bo‘lganiga 3 kun bo‘ldi. Biroq hozircha hech qaysi organ xodimi marhumlarning oilasidan xabar olib, farzandlariga ko‘rilayotgan ish yuzasidan tushuntirish bermadi. Nima bo‘layotganidan xabarimiz yo‘q. Balki tergov harakatlari olib borilayotgandir. To‘g‘risi, ish “yopdi-yopdi” qilib yuborilishidan xavotirdamiz”, deydi marhumlarning Kun.uz jurnalisti bilan gaplashgan yaqini.

Haydovchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanganmi yoki yo‘q, ma’lum emas. Navoiy viloyati IIB YHXB hozircha holat yuzasidan munosabat bildirmadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10707 | Инструменты