Navoiydagi “Qizilqum Fosforit Kompleksi”ni sotib olishga 6 nafar investor qiziqish bildirdi
“Qizilqum Fosforit Kompleksi” MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushinini sotib olishga 6 nafar investorlar qiziqish bildirishdi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.
2023-yil 5-mayga qadar 6 nafar xalqaro investorlar tomonidan sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish toʻgʻrisidagi arizalar maslahatchiga kelib tushgan. Maslahatchi tomonidan oʻrganish natijasida, 2 nafar xalqaro investorlarning arizalari mezon talablariga to'liq mos deb topilgan.
Eslatib o'tamiz, “Qizilqum Fosforit Kompleksi” MChJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish jarayonini joriy yil mart oyida boshlagan edi.
Ma'lumot o'rnida, “Qizilqum Fosforit Kompleksi" MChJ – fosforit konsentrati va fosfor uni ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. Fosforit konsentrati ishlab chiqarish sexi 1998-yilda tashkil etilgan boʻlib, Jeroy-Sardarin koni (Toshqoʻra rudnigi) negizida flyurapatit turidagi donali fosforit rudasini qayta ishlab, boyitishga moʻljallangan. Ishlab chiqarish quvvati yiliga - 716 ming tonna.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10316 | Инструменты