Huawei 1
Navoiydagi "To'dako'l" suv omborida Cobalt mashinasi oqib ketdi

Joriy yilning 20-iyun kuni soat 13:30 da Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi “To‘dako‘l” suv omborida Buxoro viloyatida tug‘ilgan fuqaroga tegishli bo‘lgan oq rangli “Cobalt” avtomobili haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida suv omboriga oqib ketgan

Aniqlanishicha, suv ombori qirg‘og‘ida turgan avtomobilni kuchli suv to‘lqini oqim bilan ichkariga olib kirgan.

Ushbu vaziyat bo‘yicha FVVga ma'lumot kelib tushmagan va voqea joyidagi fuqarolar yordamida avtomobil suvdan chiqarib olingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50600 | Инструменты