Nishon tumanida yuk va yengil avtomobillar to'qnashuvida 6 yashar qizaloq vafot etdi

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 12 sentyabr kuni soat 11:30 larda, Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani hududidan o'tgan  4K-333 “Nishon-Gres” avtomobil yo'lining 5-kilometrida, haydovchi, 1994 yilda tug'ilgan O.Q. “Gaz-5327” rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotib, yo'lning o'ng tomonidan ketayotgan piyodani urib yubormaslik maqsadida qarama-qarshi yo'lga chiqib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 2000 yilda tug'ilgan SH.T. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomobil bilan to'qnashgan.

Natijada, “Neksiya” rusumli avtomobil yo'lovchisi 6 yoshli SH.U. og'ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Ushbu avtomobil yo'lovchilari 24 yoshli SH.A. va 69 yoshli A.M.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Nishon tumani IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ma'lumot o'rnida, “Gaz-5327” rusumli yuk avtomobil haydovchisi O.Q. bir yil davomida ikki marotaba, “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi SH.T. esa bir marotaba qoidabuzarlik sodir etgan.

Barcha haydovchilardan yo'llarda harakatlanganda belgilangan qoidalarga amal qilishlarini, piyodalar avtomobil yo'llarining qatnov qismida harakatlanib, haydovchilarning erkin harakatlanishiga xalaqit bermasliklarini so'rab qolamiz.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты