Huawei 1
Nodavlat uyushmalarning davlatga taalluqli funksiyalari davlat idoralariga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 2025-yil 1-yanvardan eʼtiboran xo‘jalik boshqaruv organlari institutini tugatish rejalashtirilmoqda. Bu – 2024 yilgi davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.

Loyihaga ko‘ra:

- Qonun hujjatlari xatlovdan o‘tkazilib, uyushmalar faoliyatiga davlat aralashuvi, jumladan, uyushmalar rahbarlarini kelishish kabi tartibotlarni bekor qilinadi;

- xo‘jalik boshqaruvi organlarining ro‘yxatini shakllantirgan holda, har biri bo‘yicha davlatga taalluqli funksiyalar tegishli vazirlik va idoralarga yuklanadi;

- xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga davlat organlari (yuqori turuvchi organlar), idora va tashkilotlar aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi; mazkur korxonalar o‘z faoliyatini bozor mexanizmlariga asoslangan holda, korporativ boshqaruv tamoyillariga muvofiq amalga oshirishi taʼminlanadi.

Yuqoridagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2024-yil sentabr oyigacha ishlab chiqilishi nazarda tutilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90501 | Инструменты