“Nogironligi bo'lgan shaxslarning bandligini ta'minlash tizimini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-85-son, 08.05.2025 y.) qabul qilindi.
Farmon bilan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi:
— nogironligi bo'lgan shaxslarning samarali faoliyat ko'rsatishi uchun maxsus xizmatlar tizimini joriy etish;
— nogironligi bo'lgan yoshlarni zamonaviy kasblarga o'qitish, ularning mehnat bozoriga kirishi uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratish;
— 2025 yil yakuniga qadar 80 ming nafar nogironligi bo'lgan shaxsning barqaror bandligi va munosib daromad topishini ta'minlash.
2025-yil 1-iyundan boshlab:
— I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga 50 million so'mgacha subsidiya ajratiladi;
— subsidiya surdotarjimon, psixolog va hamrohlik xizmatini tashkil qilish xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi;
— jismoniy shaxslarga hamrohlik xizmatini o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida ko'rsatishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida Mehnatga layoqatli nogironligi bo'lgan shaxslarning elektron reestri yuritiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60723 | Инструменты