Huawei 1
Noyob ilonlarni  chet elga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushdi

Toshkent viloyatidagi “Navoiy” chegara bojxona postida Qizil kitobga kiritilgan 15 dona ilonni boshqa mamlakatga yashirincha olib o‘tishga urinishga chek qo‘yildi. Bu haqda Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistondan qo‘shni davlatga chiqish maqsadida “Navoiy” chegara bojxona postiga piyoda kirib kelgan fuqaro yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, unda og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 15 dona “Kolvar” turiga mansub tirik ilonlar borligi aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ilonlar Qizil kitobga kiritilgan bo‘lib, tabiiy populyatsiyani saqlash maqsadida himoya qilinadi.

Bildirilishicha, hozirda ushbu tirik ilonlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan hamda mutaxassislar ularning sog‘lig‘ini barqaror deb baholamoqda.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82313 | Инструменты