Shuningdek, qon bilan ishlash xizmati muassasalari xodimlari Respublika qon quyish markazida malaka oshiradi
Sog'liqni saqlash vazirligi Nukus shahrida laboratoriya, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida qon quyish stansiyalari uchun yangi binolar qurilishi haqida xabar bermoqda. Bu Prezident qarorida keltirib o'tilgan.
Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-dekabrga qadar:
- Nukus shahar qon quyish stansiyasi hududida laboratoriya bo‘limlari uchun qo‘shimcha bino, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida qon quyish stansiyalarining yangi binolari quriladi.
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari Nukus shahar qon quyish stansiyasi hududida laboratoriya bo‘limi uchun qo‘shimcha bino, shuningdek, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida qon quyish stansiyalarining yangi binolarini qurish bo‘yicha buyurtmachi etib belgilandi.
Shuningdek, Respublika qon quyish markazida qon bilan ishlash xizmati muassasalari xodimlari uchun “Ishlab chiqarish transfuziologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha, davolash muassasalarining gemotransfuziya amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi xodimlari uchun “Klinik transfuziologiya va izoserologiya asoslari” mutaxassisligi bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil qilinadi.
2022-yil 1-sentabrga qadar malaka oshirish kurslarini tashkil etish uchun malakali, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar jalb qilinadi hamda o‘quv xonalari zamonaviy adabiyotlar, laboratoriya jihozlari, kompyuter texnologiyalari va asbob-uskunalar bilan ta’minlanadi.
2022-yil yakuniga qadar Respublika qon quyish markaziga “Ishlab chiqarish transfuziologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha – 60 nafar, “Klinik transfuziologiya va izoserologiya asoslari” mutaxassisligi bo‘yicha – 60 nafar qon quyish xizmati xodimlarini o‘qitish vazifasi yuklatildi.
Malaka oshirish kurslarida qon quyish xizmati xodimlarini mutaxassisligiga oid ko‘nikmalar bilan birga, shaxslararo munosabat va donorlar bilan ishlash madaniyati ko‘nikmalariga o‘qitish tashkil qilinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50904 | Инструменты