Nukusda metan “zapravka” 3,8 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Bosh prokuratura, “Oʻztransgaz” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari bilan hamkorlikda Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Nukus tumanida joylashgan “Max Gaz Servis” MChJ tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Xususan, “Max Gaz Servis” MChJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida oʻrnatilgan gaz sarfini oʻlchash kompleksiga tashqi taʼsir koʻrsatilganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur noqonuniy holat natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 3 mlrd 854 mln 433 ming soʻm (3 mln 854 ming 433 metr kub)ni tashkil etgan.

Maʼlumot o'rnida, ushbu hajmdagi tabiiy gaz 19 mingdan ziyod xonadonning bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi.

Aniqlangan holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты