Huawei 1
Nukusda "Salomatlik marafoni"ga start berildi

Joriy yil 2–31 oktyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida birinchi marta yirik ko‘lamli “Salomatlik marafoni” tashkil etilmoqda. Qoraqalpog‘istonda bunga qadar aholi salomatligi yo‘nalishida bunday ko‘p qirrali va ommaviy tadbirlar o‘tkazilmagan.

Marafon davomida aholi keng qatlamini profilaktik ko‘rik, kasalliklarni erta aniqlash, sog‘lomlashtirish va tibbiy tekshiruvlarga jalb etish, ularning o‘z salomatligiga masʼulligini oshirish hamda kasalliklar profilaktikasiga doir tushunchalarini boyitish belgilangan.

Marafonning ahamiyati:

• birinchi bor Nukus shahrining aholisi bir vaqtning o‘zida profilaktik ko‘riklar va tibbiy tekshiruvlar bilan qamrab olinadi. Buning uchun mobil mammograflar, angiograf, UZI-apparatlari va oftalmologik jamlanmalar jalb etiladi. Klinik va bioximik laborator tekshiruvlar o‘tkaziladi;

• 800 nafardan ziyod shifokor va hamshira, shu jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgantibbiyot markazlari va ularning filiallari yetakchi mutaxassislari, xorijdan mutaxassislar jalb etiladi;

• zamonaviy mobil va statsionar tibbiy uskunalaryordamida aholi instrumental-diagnostik tekshiruvlardan o‘tkaziladi;

• Nukus shahridagi 12 ta oilaviy poliklinika, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti klinikasi hamda uchta jamoat joyida tashkil etiladigan “Salomatlik maydonchalari” orqali aholiga tibbiy xizmat va profilaktika xizmatlari bevosita yaqinlashtiriladi.

Marafon ikki bosqichda, haftaning barcha kunlarida, soat 08:00 dan 17:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda Nukus shahridagi 12 ta oilaviy poliklinikaning patronaj hamshiralari aholini profilaktik ko‘riklarga taklif etadi. Aholi ommaviy skrining tekshiruvlari va profilaktik ko‘riklardan o‘tkaziladi hamda surunkali kasalligi bor bemorlar respublikaningetakchi mutaxassislari ko‘rigi hamda yuqori texnologik tekshiruvlar uchun saralanadi.

Ikkinchi bosqichda Qoraqalpoq tibbiyot instituti klinikasida mobil va statsionar uskunalar yordamida instrumental tekshiruvlar, selektiv skrining hamda surunkali kasalligi bor aholi uchun Respublika ixtisoslashtirilgantibbiyot markazlari va ularning hududiyfiliallari yetakchi mutaxassislari ishtirokidachuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar, ko‘rsatmaasosida qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkaziladi.

Bu aksiya — Qoraqalpog‘istonda aholisalomatligini muhofaza qilish yo‘nalishidatarixda ilk bor tashkil etilayotgan eng yirik vakeng qamrovli tashabbus. U nafaqat tibbiy ko‘riklar bilan ahamiyatli, balki davlatning Qoraqalpog‘iston aholisiga sog‘lom turmush sharoitini yaratishga yo‘naltirilganislohotlarning izchil davomi hisoblanadi.

U odamlarda o‘z sog‘lig‘iga eʼtibor va masʼuliyat hissini kuchaytiradi, to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush madaniyatini targ‘ib qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100216 | Инструменты