Huawei 1
Readmissiya qilinganlarga istisno holatlarda xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish tartibi belgilandi

“Xorijiy davlatlardan readmissiya qilingan O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga istisno holatlarda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirib berish to'g'risida”gi yo'riqnoma Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi (ro'yxat raqami 3682-son, 30.09.2025-y.).

Yo'riqnomaga ko'ra, readmissiya qilingan shaxslar to'g'risidagi ma'lumotlar Migratsiya va personallashtirish departamenti (MvaPD) tomonidan «Pasport-viza» axborot tizimiga kiritiladi.

Quyidagi holatlarda istisno tariqasida readmissiya qilingan fuqarolarga xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirib beriladi:

- fuqaroning yaqin qarindoshi xorijda vafot etganda;

- fuqaro yoki uning yaqin qarindoshiga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko'rsatish yoki jarrohlik amaliyotini o'tkazish zarur bo'lganda;

- fan olimpiadasi, ta'lim yoki xalqaro sport musobaqasida ishtirok etadigan bo'lsa;

- yashash joyi O'zbekistonning chegara zonasi va eksklav hududlarida bo'lganda;

- Prezident va Vazirlar Mahkamasining hujjat va topshiriqlari, shuningdek Prezident Administrasiyasi rahbarining topshiriqlari ijrosini ta'minlash zarur bo'lganda.

Fuqarolar istisno tariqasida xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun MvaPD yoki uning hududiy boshqarmalariga murojaat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100216 | Инструменты