Nurafshon shahrida binoga mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgan shaxslar davlatga 1,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahar bo‘limi tomonidan Toshkent viloyati DXX boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.U.ga tegishli “Oybek” MFYdagi noturar bino ko‘zdan kechirildi.

Ushbu binoda xorijiy davlat fuqarosi Y.S. va fuqaro B.R. 127 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlandi.

Ular elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,5 mlrd so‘m zarar yetkazgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты